«murotjon azimov» tegli maqolalar


Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi
8 fevral 2024, 14:16

Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi
22 iyul 2023, 13:04

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi

Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri uchun 100 ta avtobus olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘li qurishni rejalashtirmoqda
21 iyul 2023, 14:46

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘li qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.

Qashqadaryoda JAC Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
20 iyul 2023, 17:35

Qashqadaryoda JAC Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xitoyda JAC Motors kompaniyasi bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. U Xitoyning yana ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan uchrashmoqchi.

Qashqadaryoda tanqidlarga javob qaytaruvchi jamoa tuzishni taklif qilgan talaba hokimlikka ishga olinadigan bo‘ldi
14 dekabr 2022, 16:19

Qashqadaryoda tanqidlarga javob qaytaruvchi jamoa tuzishni taklif qilgan talaba hokimlikka ishga olinadigan bo‘ldi

Qarshi davlat universiteti talabasi viloyat hokimi bilan uchrashuvda tanqidlarga javob qaytaruvchi blogerlar jamoasini tuzish taklifini berdi. Qashqadaryo rahbari Murotjon Azimov esa uning shu taklifi uchun hokimlikka ishga olinishini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
25 noyabr 2022, 16:01

Qashqadaryoda 1 nafar hokim va 16 nafar hokim o‘rinbosari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 9 oyida 552 ta korrupsion jinoyatlar (o‘tgan yilga nisbatan 114 taga ko‘p) sodir etildi. Murotjon Azimov viloyatda hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatida ishlayotganini ochiqladi.

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi
16 may 2022, 18:09

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
22 aprel 2022, 11:45

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi
4 yanvar 2022, 14:12

«Hujjatlari bo‘lmagan». Qashqadaryo hokimiyati Kattaqo‘rg‘on hokimi shikoyatiga javob berdi

Qashqadaryo viloyati hokimiyati Samarqand viloyatiga olib ketilayotgan chigit mahsulotlari ortilgan uchta yuk mashinasi tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova shikoyat qilib, Qashqadaryo hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan viloyatlar chegarasida chigit ushlab turilganini ta’kidlagandi.

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi
3 yanvar 2022, 23:22

Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo hokimi ustidan shikoyat qildi

Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova Qashqadaryodan Samarqand viloyatiga chigitni olib o‘tishni guyoki taqiqlash to‘g‘risida og‘zaki ko‘rsatma bergani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ustidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat rahbari uning SMS xabarlariga javob bermagan hamda uning to‘rt kun davomida yukni o‘tkazish masalasini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari zoye ketgan.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 11:40

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
18 noyabr 2021, 11:07

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting